TEMURBEK IZDOSHLARI

TEMURBEK IZDOSHLARI

   Vatan – inson uchun barcha boyliklardan, dunyo xazinasidan ham ulug‘ bir xilqat, maskan. Vatanni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, uning himoyasi uchun aziz jonini tikish inson tabiatiga xos bo‘lgan xislat. Buyuk alloma Alisher Navoiyning quyidagi purhikmat bayti barchada shijoat uyg‘otishi tabiiy:
    Vatan tarkini bir nafas aylama,
    Ani ranji – g‘urbat, havas aylama...
  Yoshlarimizni vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Umumta’lim maktablarida alohida shu yo‘nalishdagi sinflar tashkil etilgan, ularga harbiy mashqlar, jangovar taktika va strategiya, dala sharoitida harakatlanish o‘rgatib boriladi. Kecha Navoiy shahridagi "Kimyogar” o‘yingohida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida "Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazildi.
   Musobaqada Navoiy shahri xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-alohida fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktabning "Temurbek izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
    Keyingi bosqichda hamshaharlarimizga omad yor bo‘lishini istab qolamiz. Oq yo‘l Sizga, Temurbek izdoshlari!

O'xshash yangiliklar