MUNOSIB E'TIROF

MUNOSIB E'TIROF

   Eng yomon mehnat – rag’batlantirilmagan mehnatdir, deyiladi buyuklardan birining qaydnomalarida. Haqiqatan ham, inson mehnati, kapitali, g‘oya va bilimlari o‘z joyi va vaqtida qadrlanmas ekan, ishchanlik so‘nadi, umid o‘ladi. Fan olimpiadalarining 2-turida yuqori natijalarni egallagan o‘quvchi hamda ularning o‘qituvchilari mehnati munosib tarzda rag‘batlantirilmoqda.
   Navbahor tuman hokimligi va tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan fan olimpiadalari 2-bosqichida natijalarni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktablarning o‘quvchilari va o‘qituvchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. E’tirofdan mamnun bo‘lib, keyingi bosqichga jiddu jahdla harakat qilayotgan yoshlarimiz ilmning yuksak cho‘qqilarini zabt etishlariga ishonch bildirildi.

O'xshash yangiliklar