YOZGI TA'TILDA SPORT

YOZGI TA'TILDA SPORT

   2018 yilning 6 avgust kuni sportning volebol (o'smirlar) turi Navoiy shahridagi 16-son umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi. Musobaqaga Navoiy shahar, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Konimex tuman jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra 1-o'rinni Qiziltepa tumani 2-o'rinni Navbahor tumani, 3-o'rinni Nurota tumani jamoalari egallashdi.
Joriy yilning 6 avgust kuni sportning basketbol (o'smirlar) va basketbol (qizlar) turlar bo'yicha Navoiy shahridagi 18-son umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi. Musobaqada Navoiy shahar, Natijasiga ko'ra basketbol(o'smirlar) o'rtasida Navoiy shahar 1-o'rinni, Karmana tuman jamoasi 2-o'rinni, Qiziltepa tuman jamoasi 3-o'rinni; basketbol (qizlar) o'rtasida 1-o'rinni Navoiy shahar jamoasi, 2-o'rinni Karmana tuman jamoasi, 3-o'rinni Qiziltepa jamoalari egallashdilar.
"Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan g'oliblarga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.
 
O'zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va
sport jamiyati viloyat mintaqaviy
bo'limi rais o'rinbosari Normamat Ochilov

O'xshash yangiliklar