YOZGI TA'TILNI SPORT BILAN

YOZGI TA'TILNI SPORT BILAN

   Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad o'quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, sport musobaqalarini o'tkazish orqali ularning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini yanada chuqurroq singdirish hamda oromgohlarga jalb etilmagan o'quvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. 2018 yilning 6 avgust kuni sportning basketbol (o'smirlar) va basketbol (qizlar) turlar bo'yicha Navoiy shahridagi 18-son umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi. Musobaqada Navoiy shahar, Natijasiga ko'ra basketbol(o'smirlar) o'rtasida Navoiy shahar 1-o'rinni, Karmana tuman jamoasi 2-o'rinni, Qiziltepa tuman jamoasi 3-o'rinni; basketbol (qizlar) o'rtasida 1-o'rinni Navoiy shahar jamoasi, 2-o'rinni Karmana tuman jamoasi, 3-o'rinni Qiziltepa jamoalari egallashdilar.
   "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan g'oliblarga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.
Musobaqalar joriy yilning 11 avgust kuniga qadar davom etadi.


O'zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat Mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari N.Ochilov

O'xshash yangiliklar