SPORT-SOG'LIK GAROVI

SPORT-SOG'LIK GAROVI

   2018 yil 9 avgust kuni "Yozgi ta’tilni sport bilan o‘tkazamiz” shiori ostida Navoiy shahridagi "So‘g‘diyona” o‘yingohida sportning engil atletika sport turidan musobaqa o‘tkazildi. Musobaqaga Navoiy shahar, Navbahor, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi tuman jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida Navoiy shahar 1-o‘rinni, Navbahor tuman jamoasi 2-o‘rinni,  Qiziltepa tuman jamoasi 
3-o‘rinni egalladi.
   Joriy yilning 9 avgust kuni Navoiy shahridagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Navoiy shahar jamoasi, 2-o‘rinni Qiziltepa tuman jamoasi egalladi. 
Musobaqa g‘oliblariga "YOshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'xshash yangiliklar