YOZGI TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

YOZGI TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

    2018 yil 10 avgust kuni "Yozgi ta’tilni sport bilan o‘tkazamiz” shiori ostida Karman tumanidagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sportning badminton turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqaga Navoiy shahar, Navbahor, Qiziltepa, Karmana, Xatirchi tuman jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida Karmana tuman jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy shahar jamoasi 2-o‘rinni, Qiziltepa tuman jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
   Musobaqa g‘oliblariga "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'xshash yangiliklar