HARAKAT DASTURI AMALDA

HARAKAT DASTURI AMALDA

   "Obod qishloq” Davlat dasturi hamda Xalq ta'limi muassasalarida yangi 2018-2019 o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o'z vaqtida sifatli bajarilishini hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining 2018 yil 5 iyundagi 94-97-xx-sonli topshirig'ida belgilangan vazifalar, Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 155-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyatimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
   Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 o'quv yiliga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari etib, ta'lim muassasalarining binolarini tayyorlash, ta'lim muassasalarini jihozlash, me'yoriy, o'quv-uslubiy xujjatlar va o'quv adabiyotlarini tayyorlash, pedagogik va metodik ta'minotni shakllantirish, ta'lim jarayoniga AKT joriy etishni takomillashtirish hamda ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni yaxshilash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Bugungi kunga kelib, viloyatimizning barcha ta'lim muassasalarida Harakat dasturi doirasida bir talay ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
O'quv binolari ta'mirlanib, maktablar hududi obodonlashtirildi, sinflar zarur jihozlar bilan ta'minlandi, o'quvchilarni darsliklar, o'qituvchilarni uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlash ishlari olib borildi, o'quv jarayonida AKT dan samarli foydalanishni yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda.
Viloyatimizdagi xalq ta'limi xodimlariga 2018-2019 o'quv yili omadli yil bo'lishini tilab qolamiz.
 
Boshqarma matbuot xizmati
 

O'xshash yangiliklar