MUSTAQILLIK MARAFONI BO'LIB O'TDI

MUSTAQILLIK MARAFONI BO'LIB O'TDI

   2018 yilning 9 sentyabr kuni soat 07-30 da O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma etti yilligiga bag'ishlab Navoiy shahridagi "Yoshlar” sport majmuasi atrofida sportning Yugurish turi bo'yicha "Mustaqillik marafoni” hamda sportning velosport turi bo'yicha "Yoshlar-Tur” velomarafoni o'tkazildi. Marafonda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablaridan jami 647 nafar o'quvchi hamda o'qituvchilar ishtirok etdi. Musobaqada sovrindor bo'lgan o'quvchilar O'zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining diplom va sovg'alari bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar