ZUKKO ABITURENT

ZUKKO ABITURENT

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori 1-ilovasi Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijorsini ta'minlash maqsadida, hafta kunlari kesimida har kuni bitta fanni takrorlash va mustahkamlash maktab o'quvchilarini sog'lom raqobat ruhida tarbiyalash, bilimini oshrish hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi BT etakchilari, sinf rahbarlari va fan o'qituvchilarini hamkorligini mustahkamlash maqsadida "Faol o'quvchi – bo'lajak talaba” shiori ostida "Zukko abiturient” intellektual klubining Namunaviy o'yini joriy yilning 14 avgust kuni Karmana tumanidagi 30 -umumta'lim maktabida o'tkazildi.
   Bu klubni tashkil etishdan maqsad voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har qanday yot g'oyalardan jumladan, diniy ekstremizm va diniy aqidaparaslik hamda giyohvandlik kabi salbiy illatlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish, o'sib kelayotgan yoshlarimiz jamiyatda o'z o'rinlari topishlari va yurt ravnaqiga munosib hissa qo'shuvchi shaxs bo'lib voyaga etishishlari uchun davlatimiz tomonidan bugungi kunda yaratib berilayotgan keng ko'lamli imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishlari lozim.
   Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari T.Abduraxmonov "Zukko abiturient” intellektual klubining mazmun mohiyatini yanada kengroq tushuntirib, taqdimotini namoyish etdi hamda metod birlashma vakillaridan tashkil etilgan ekspertlar guruhini tuzish, o'qituvchilar tomonidan savollar tuzilishini nazorat qilish, har chorakda maktabning ichki turnirlarini o'tkazib, eng faol va bilimli jamoalar va o'quvchilar reytingini aniqlab borish tizimini tashkil etish, o'quv yili yakuni bilan fanlar kesimida "Yilning eng bilimli o'quvchisi”, "Yilning eng faol jamoasi” nominasiyalari bo'yicha birinchilikni qo'lga kiritgan o'quvchilarga maxsus kubok va maktab direktorining maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishlari haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. So'ng "Zukko abiturient” intelektual klubining tarix fani bo'yicha shakllangan jamoalari o'rtasida qiziqarli savollar asosida o'yin tashkil etildi. "Zukko abiturient” intelektual klubi bo'yicha ballar ekspertlar tomonidan e'lon qilindi va g'olib bo'lgan jamoalarga va klubga qatnashgan o'quvchilarga minnatdorchilik bildirildi. Yakuniy qism viloyat va tumandan kelgan o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari bilan ta'lim muassasalarida klubni tashkil etish bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollar orqali baxs – munozara asosida yakunlandi.
 

VXTB ma'naviy-axloqiy tarbiya va
maktabdan tashqari ta'lim
bo'limi mutaxassisi S.Amonova

O'xshash yangiliklar