O'ZBEKISTON BAXTIYOR INSONLAR DIYORI

O'ZBEKISTON BAXTIYOR INSONLAR DIYORI

   O'zbeksiton "Dunyoning eng baxtli mamlakatlari-2018” reytingi bo'yicha 156 mamlakat orasida 44-pog'onada, Hamdo'stlik davlatlari orasida birinchi o'rinni qayd etilishi bu bejiz emas. O'zbekistonda sog'lom hayot davomiyligini, hayotdan rozi bo'lib yashashni aks etiruvchi "O'zbekiston-baxtiyor insonlar diyori” mavzusida Karmana tumanidagi 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida joriy yilning 20 sentyabrida "Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligi” munosabati bilan amaliy –o'quv seminari tashkil etildi.
   Maktab foeyisi, faollar zali "O'lkashunoslik”, "Sehirli mo'yqalam” "Mohir qo'llar” nomli to'garagi a'zolari tomonidan ko'rgazmalar bilan bezatilishi, "O'zbekiston-baxtiyor insonlar diyori”, ”Tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz”, "Keling birga bo'laylik, tabiatni asraylik” mavzusi bilan nomlangan badiiy kechada tabiatni asrash "O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob o'simlik va hayvon turlarini himoya qilish, tabiatni asrashni aks etiruvchi sahna ko'rinishlari tashrif buyurgan murabbiy ustozlarga katta ta'surot qoldirdi.
   Ta'lim sahasini har tomonlama rivojlantirish, bolalarning mustaqil fikrlashga o'rgatish, komillikka intiladigan barkamol avlod egalarini tarbiyalash, bilim samaradorligini oshirish maqsadida geografiya fandan 8-"B” sinfida o'qituvchi D.O'rinova "Aholi punktlari” mavzusini yangi interfaol "O'zbekistonda sayohat” usulida ochiq darsni tashkil etib, yanada qiziqarli o'tishini ta'minladi.


Metodik xizmat bo'limi metodisti M.Ostonova

O'xshash yangiliklar