"GEOGRAFIYA VA IQTISOD" FANLARI OYLIGI

   Zarafshon shahar xalq ta'limi bo'limida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2018 yil 20 avgustdagi "Geografiya va iqtisod” fanlari oyligini o'tkazish to'g'risida”gi №155-sonli buyrug'iga asosan, barcha umumta'lim maktablarida geografiya va iqtisod fanlari ochiq dars sifatida tashkil etildi. Mahorat darslari rejasiga asosan tashkil qilindi.
    12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Geografiya darslarida innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish” deb nomlangan seminar bo'ldi. Seminarda Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridan geografiya fani o'qituvchilari, tabiiy fan metodistlari qatnashdilar.
Mehmonlarni maktab hovlisida musiqali kompozitsiya orqali kutib olindi. Maktabning kirish zalida shahardagi barcha maktablar tomonidan ko'rgazmalar namoyishi o'tkazildi. Shundan so'ng namunali ochiq darslarga taklif etildi.
    9-"B” sinfiga D.Himmatova tomonidan "Dunyo okeani. Iqlimiy, kosmik biologik va reaksion resurslar” mavzusida 10-"A” sinfida O.O'ktamov tomonidan "Er yuzi tabiati rivojlanishni fazoviy omillari” mavzusida N. Madatova "O'rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi” mavzusida, 4-"D” sinfida "Sayyoralar” mavzusida ochiq dars tashkil qildi. Maktabning faollar zalida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimdonlar bahsi” musobaqasi tashkil qilindi. "Beruniy izdoshlari”, "Sahrodagi jannat”, "Zarafshon” guruhlari bellashdilar.
 
 
Zarafshon XTB tabiiy fanlar metodisti: Xolmurodova O.I.

O'xshash yangiliklar