O‘QUV YIG‘INI UYSHQOQLIK BILAN O‘TDI

O‘QUV YIG‘INI UYSHQOQLIK BILAN O‘TDI

   Viloyatimiz aholisi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qat'iy fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish borasida "Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizimni joriy etish, bu orqali viloyatdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari, hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, harbiy qism va muassasalar, aholi va yoshlar bilan olib borayotgan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Navoiy viloyatida aholi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish tizimini joriy etish borasida 2020-yilning fevral oyida kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan va ijroga qaratilgan edi.
   Mas’ul tashkilotlar hamkorligida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida Navoiy shahridagi 523 SCHR batalonida joriy yilning 3-5-dekabr kunlari "O‘quvchi-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari hamda xalq ta’limi rahbarlari mas’ul xodimlari o‘rtasida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.
  Yig‘inni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni A.Saidov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Yig‘inda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov qatnashib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari va jamoatchilik oldida turgan muhim masalalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Yig‘inda jangovar tayyorgarlik va amaliy sinovlar bo‘lib o‘tdi. O‘quv yig‘inida faol ishtirok etib, tashabbuskorlik ko‘rsatgan bir guruh xodimlar qo‘mondonlikning "Faxriy yorlig‘i” va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar