SAYYOR QABULLAR TIZIMLI TUS OLDI

SAYYOR QABULLAR TIZIMLI TUS OLDI

   Murojaatlar o‘z vaqtida va haqqoniy hal etiladigan bo‘lsa, yurtdoshlarimiz davlatdan rozi bo‘ladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ishonchi ortadi. Shaffoflik va adolat mezonlariga muvofiq o‘tkazilayotgan "Sayyor qabul”lar oilalarga quvonch olib kirayotgani, muammolar barham topayotgani ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir.
   Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov hududlar bo‘yicha sayyor qabullarni aholi gavjum nuqtalarda tashkil etib kelmoqda. Qabullarni tashkil etishda jamoatchilikning xabardorligini ta’minlash maqsadida, ular o‘tkaziladigan joy, vaqt oldindan ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilmoqda. Tadbirlar pandemiya sharoitida karantin qoidalariga rioya etilgan holda o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilyapti.
  Bugun, 11-dekabr kuni Xatirchi tumanidagi 7-umumta’lim maktabining faollar zalida o‘tkazilgan sayyor qabulda tumandagi 88 ta umumta’lim maktablarning direktorlari ham ishtirok etib, tegishliligi bo‘yicha murojaatlarga javob berildi. Jarayon davomida 12 ta murojaat kelib tushib, 1 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirildi, 4 nafar murojaatchilarga huquqiy tushuncha berildi, 7 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan mutasaddi xodimlarga murojaatlarni o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sayyor qabullarni o‘tkazish davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar