USTOZ VA MURABBIYLAR DOIM E'TIBORDA

USTOZ VA MURABBIYLAR DOIM E'TIBORDA

 

  Bugun oramizda shogirdlari, hamkasb va jamoatchilik orasida hurmat-e’tibor qozongan, joriy yilda davlatimizning yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” Navoiy рshahridagi Mehribonlik uyi direktori Dilbar Orzieva, "Shuhrat” medali sohibi, Konimex tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi Akshagul Tulegenovalarning borligi barchamizga faxr bag‘ishlaydi.

  1 oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini hayotga tadbiq etishda va yosh avlodni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shgan hamda ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatayotgan viloyatimiz xalq ta’limi xodimlarinining 34 nafari O‘zbekiston Ruspublikasi xalq ta’limi vazirligining "Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 21 nafar pedagog xodimlarimiz esa xalq ta’limi vazirligining "Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanishi ularning samarali mehnatlarining mahsuli bo‘ldi.

 

 

O'xshash yangiliklar