MAQSAD - YUQORI NATIJA

MAQSAD - YUQORI NATIJA

   Bugungi O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar bo'lib yetishadigan ertangi kun egalariga chuqur bilim berish, o'qituvchilar mavqeini oshirishga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Ta'lim beruvchi barcha muassasalar faoliyatida sifat o'zgarishlari amalga oshirilyapti. O'qituvchilar nufuzini ko'tarish, joylarda sifatli ta'lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va har bir hududda ixtisoslashgan maktablar tarmog'ini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
   Viloyatlarda xalq ta'limi sohasidagi islohotlarni jadallashtirish, mamlakat Prezidentining joriy yil 6 noyabrdagi Farmonida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, shuningdek "Toshkent tajribasi"ni o'rganish hamda da tatbiq etishni yo'lga qo'yish maqsadida Xalq ta'limi vazirligida viloyatlar xalq ta'limi boshqarma boshliqlari o'quvlari bo'lyapti. Unda Navoiydan Marat Shamuratov ham qatnashyapti.
 Boshqarma boshliqlari Toshkent viloyati, Uchtepa tumanidagi 129-umumta'lim maktabi hamda al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashgan maktabga safar qilishdi. Xususan, har ikkala ta'lim muassasalarida zamonaviy maktablarning qiyofasi, namunali o'qitish shakllari, zarur shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

O'xshash yangiliklar