QARDOSHLIK RISHTALARI

QARDOSHLIK RISHTALARI

  Tili, dini bir, tarixi tutash, madaniyati mushtarak bo'lgan o'zbek va qozoq xalqlari do'stligi uzoq o'tmishga borib taqaladi. O'zaro aloqalar, ayniqsa, keyingi yillarda yanada mustahamlandi. 2018-yilda Qozog'istonda O'zbekiston yili, 2019-yilda O'zbekistonda Qozog'iston yilining nishonlangani bunga yorqin misoldir.
  Yana bir muhim voqea O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida Abadiy do'stlik to'g'risidagi shartnoma imzolanganiga 20 yil to'ldi.
  Yana bir muhim voqea O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo'nonboev ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror o'zbek xalqining qardosh Qozog'iston xalqiga, uning betakror adabiyoti va madaniyatiga, yorug' kelajagiga bo'lgan hurmati va ishonchining yorqin ifodasi sifatida qabul qilingan.
  Bir daryodan suv ichgan o'zbek va qozoq xalqlari o'rtasidagi do'stlik va qardoshlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bu kabi ezgu ishlarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
  Bugun Uchquduq tumani yoshlari uchun yana bir xayrli tadbir amalga oshirildi. Respublika qozoq milliy-madaniy markaz tomonidan ta'lim qozoq tilida olib borilayotgan maktablar uchun elektron badiiy adabiyotlar taqdim etildi. 11 ta komplektda 13 ta kitob jamlangan mazkur elektron kitoblar "Danaliq elіppesі" turkumidagi badiiy adabiyotlardan iborat.
Shuningdek, A.Navoiy, E.Vohidov, A.Oripov, O'.Raxmat singari o'zbek adiblarining asarlari qozoq tiliga tarjima qilingan kitoblar hamda qozoq xalq maqollarining o'zbek tili tarjimasi ham maktab kutubxonalariga berildi.
Kitoblarni tuman hokimi S.Xamroev maktab kutubxonasiga topshirar ekan, kitobning inson kamolotida tutgan o'rni, hozirda ikki qardosh xalqlar o'rtasidagi adabiy do'stlik rishtalari yanada mustahkamlanayotganligini ta'kidlab o'tdi.
1-maktabning direktor o'rinbosari Aqil Omarov, 2-maktab direktori Mergen Tureshovlar Respublika qozoq milliy-madaniy markaziga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.

O'xshash yangiliklar