SAYYOR QABUL-MUAMMOLARGA YECHIM

SAYYOR QABUL-MUAMMOLARGA YECHIM

   Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilab berilgan reja asosida tashkil etilayotgan "Sayyor qabul"lar hududlar kesimida davom etayotir. Qabullardan ko'zlangan asosiy maqsad - fuqarolar roziligiga erishish, joylardagi muammolarni tezkorlik hamda adolatli ravishda bartaraf etish.
   Navoiy viloyati Konimex tumanida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va tuman xalq ta'limi bo'limi hamkorligida o'tkazilgan qabulda 7 ta o'zini o'zi boshqarish organlari hududidan qatnashgan fuqarolardan 10 ta murojaat tushdi. Ularning 3 tasi ijobiy hal etilib, 7 tasi nazoratga olindi. Sayyor qabulda tumandagi 37 ta umumta'lim maktablar o'zlaridagi vakant soatlar bilan qatnashdi. Boshqa masalalar ham eshitilib, ijrosi vakolat doirasida hal etilishi belgilab olindi.

O'xshash yangiliklar