MANFAATLI HAMKORLIIK

MANFAATLI HAMKORLIIK

Buyuk Britaniya Menejment universiteti rektori Kongrad Ozog boshchiligidagi delegasiya bugun 17-dekabr kuni Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi jamoasi va bitiruvchilari bilan uchrashdi. Janob Ozogning ta'kidlashicha, joriy yildagi qabul natijalariga ko'ra, Navoiy viloyatidan hujjat topshirgan abiturientlar faolligi yuqori bo'lgan. Umumiy 20 ta grant o'rinlardan 4 tasiga aynan navoiyliklar erishgan.
Rektor yoshlar bilan uchrashuvda ularning faolligi ikkala mamlakat uchun manfaatli bo'lishi, etuk mutaxassislar o'z vatanlariga qaytib, yurt ravnaqiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
"Biz yoshlarimizning aqlu zakovatiga ishonamiz",- deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Marat Shamuratov.

O'xshash yangiliklar