SAYYOR QABUL – BARCHAGA MAQBUL

SAYYOR QABUL – BARCHAGA MAQBUL

    Xalq ta’limi vazirligining topshirig‘iga ko‘ra joriy yilning 10-dekabridan "Sayyor qabul oyligi" o‘tkazilishi e’lon qilingan bo‘lib, shu munosabat bilan 22-dekabr kuni Uchquduq tumanidagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Jamshid Xalilovlar "Sayyor qabul" o‘tkazdi. Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilishdan iboratdir. Sayyor qabulda tumandagi ta’lim muassasalari o‘zlarining vakant soatlari bilan ishtirok etdi. Qabulda fuqarolardan 6 nafari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, bir nafari tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida futbol to‘garagini ochish yana bir nafar fuqaro oilaviy masalada murojaat qildi. Boshqa masalalar ham eshitilib, vakolat doirasida hal qilish belgilab olindi. Ish so‘rab murojaat qilgan oliy ma’lumotli fuqarolardan bir nafariga tuman markazidagi maktablardan dars soati ajratilishi, bir nafariga tumanning olis cho‘l hududida joylashgan 16- va 19-umumta’lim maktabida ish boshlashlari uchun yuborildi. Uch nafar mutaxassisga tuman markazida joylashgan ta’lim muassasalarida dars jarayonlariga xalaqit qilmagan holda repetitorlik kurslarini tashkil etishlari uchun ijara to‘lovisiz xonalar ajratilishi yuzasidan ta’lim muassasalari rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va mutaxassislarga ta’lim muassasalaridan shart-sharoitlar yaratib berish belgilab olindi.

O'xshash yangiliklar