O'QUV ISHLAB CHIQARISH MAJMUALARI

O'QUV ISHLAB CHIQARISH MAJMUALARI

O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishda

muammo va yechimlar

    Joriy yilning 20 oktyabr kuni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘quv-ishlab chiqarish majmualar faoliyatidagi kamchiliklar va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatdagi umumta’lim maktablarning 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi. Joriy o‘quv yilida135 ta ta’lim muassasalarining (Shundan 98 ta umumta’lim maktab, 37 tasi kasb-hunar kollejlarida) bazasida viloyat xokimining 2018 yil 7 sentyabrdagi 06-01/1168-son bilan tasdiqlangan jadvali asosida O‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Joriy o‘quv yilida majmualar faoliyatini mustahkamlash maqsadida boshqarmaning manzilli chora-tadbirlari ishlab chiqilib, har chorakda majmuaning mas’ul-xodimlari va kasb ustalari uchun maqsadli o‘quvlar tashkil etilishi rejalashtirildi. Bugungi o‘quv-seminar mazkur rejaning debochasidir. Bundan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini orttirish va majmualardagi amaliy mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etishdir. Maktablarning 10-sinf o‘quvchilari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda xalq ta’limi vazirligi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan ikki yil muddatda o‘rgatiladigan 51 ta kasb doirasida hamda 11-sinf o‘quvchilari uchun bir yil muddatda o‘rgatiladigan 40 ta kasb doirasida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan.

   Majmualarda o‘rgatilayotgan 51 ta kasblar joriy o‘quv yilidagi 10-sinflar uchun 2 o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘lib, 10-sinfda 4 chorak davomida 34 hafta, 11-sinfda esa 4 chorak davomida 34 hafta, ikki yil davomida 68 hafta o‘quv rejasi taqsimlanganligini alohida aytib o‘tildi. Bundan tashqari 10-sinflarda o‘qitilayotgan ikki yil kasblarning choraklar va haftalar bo‘yicha soatlar taqsimotiga to‘xtab o‘tildi. Ikki o‘quv yili davomida 408 soat ya’ni 10-11-sinf davomida choraklar kesimida soat taxlil qilib o‘tildi. Jumladan, tikuvchilik ishi bo‘yicha: 10-sinfda 1-4 chorak davomida 168 soat-o‘quv amaliyoti, 36 soat (faqat 4-chorakda) – ishlab chiqarish amaliyoti; 11-sinfda 1-4 chorak davomida 162 soat - o‘quv amaliyoti, 36 soat (faqat 4-chorakda) – ishlab chiqarish amaliyoti, 6 soat (4-chorakda)- Davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

Boshqarma metodisti S.Qo‘zieva

O'xshash yangiliklar