DIQQAT TANLOV!

DIQQAT TANLOV!

"INNOVASION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR —TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA" nomli ko'rik-tanlov viloyatimiz pedagog xodimlari o'rtasida o'tkazilmoqda.


         TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mamlakatimiz ta'lim sohasidagi islohotlar jahon ta'lim standartlarining yuksak darajasiga erishishga qaratilganligi hamda xalqimizning ma'naviy-madaniy qadriyatlari va o'ziga xosligini hisobga olinganligi bilan katta ahamiyatga ega. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida fan va ta'lim sohalarini rivojlantirishda ilmiy va innovasiya yutuqlarni amaliyotga joriy etish belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi", 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni hamda "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3931-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish, eng sara ishlarni ta'lim muassasalari o'qituvchi va yoshlari orasida yoyish mazkur tanlovning asosiy maqsadidir.

Tanlov nizomi innovatciya-tanlovi.rar [11,16 Kb] (ko'chirishlar soni: 10)

O'xshash yangiliklar