PREZIDENT SOVG‘ASI NAVOIYDA

PREZIDENT SOVG‘ASI NAVOIYDA

   Har yili yangi yil arafasida jajji bolajonlar ko‘ngliga quvonch ulashib, davlatimiz g‘amxo‘rligining ifodasi sifatida "Prezident sovg‘asi” minglab bolajonlarga tortiq qilinadi. Yurtimiz sarhadlarini himoya qilish, tinchligimizni ta’minlash yo‘lida o‘zlarini fido qilgan mard va jasur yurt o‘g‘lonlarining farzandlari, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning dilbandlariga tuhfa qilinadigan sovg‘alarning 281 donasi bugun erta tongda Navoiy viloyatiga keltirildi. Viloyat hokimligi mas’ullari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, Ichki ishlar xodimlaridan iborat ishchi guruh sovg‘alarni qabul qilib olib, viloyat tuman va shaharlariga tantanali ravishda kuzatib qo‘yishdi.
   Davlat rahbari tomonidan ajratilgan sovg‘alar Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va xonadonlarga yetkazib beriladi. Bayram shodiyonalari sovg‘alar taqdimotiga ulanib, ko‘plab ko‘ngillarga quvonch ulashadi.

O'xshash yangiliklar