HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

   Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.
   Memorandumning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ona Vatanga sadoqat va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan turli ijodiy va ta’lim sport to‘garaklari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
Shuningdek, yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, o‘quvchilarni xalqimizning tarixiy va ma’naviy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash maqsadida umumta’lim muassasalardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish borasida yaqindan hamkorlik qilishdan iborat.

O'xshash yangiliklar