FUTBOLIMIZ KELAJAGI SENING QO'LINGDA

FUTBOLIMIZ KELAJAGI SENING QO'LINGDA

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi "Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 17 martdagi " Xalq ta’limi tizimida sportning futbol turini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-sonli, shuningdek, O‘zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat Markaziy kengashining 2018 yil 9 oktyabrdagi 01-87-sonli bo‘yrug‘iga asosan  joriy yil 2-4 noyabr kunlari Respublikamizning barcha xududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli  "Futbolimiz kelajagi sening ko‘lingda” shiori ostida xududiy saralash bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. Shu jumladan xududiy saralash bosqichi musobaqalari Navoiy viloyatida ham ko‘tarinkilikda o‘tkazildi. 2018 yil  2-4 noyabr kunlari viloyatimizning Navoiy shahridagi "Kimyogar” sport majmuasining futbol o‘yingohida  "Futbolimiz kelajagi sening ko‘lingda” shiori ostida xududiy saralash bosqichi  musobaqasining ochilish tadbiri va musobaqalari  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
       Musobaqaning  mandati "Sug‘diyona” murabbiysi, bosh hakam Zokir Qodirov tomonidan o‘tkazilib, qur’a tashlandi. 
       Qur’a tashlash natijasiga ko‘ra birinchi o‘yinni Navoiy va Buxoro viloyat jamoalari boshlab berishdi.
      Navoiy va Buxoro viloyat jamoalari o‘rtasida  kechgan bahslarni hakamlar J.Rustamov, S.Samandarov, D.Ikromov, A.Sultonovlar boshqarib bordi. Musobaqa natijasiga ko‘ra 7:0 hisobida Navoiy viloyati jamoasi g'alaba qozondi. 
      Xorazm va Buxoro viloyat jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarni A.Sultonov, D.Ikromov, A.Davronov, G.Samandarovlar boshqarib bordi. Musobaqa   6:0 hisobida Xorazm viloyati jamoasining qo‘li baland keldi. 
      Navoiy va Xorazm viloyat jamoalari o‘rtasida  kechgan bahslarni hakamlar G.Samandarov, A.Davronov,  SH.Baxromov  J.Rustamovlar boshqarib bordi. Musobaqa natijasiga ko‘ra 7:1 hisobida Navoiy viloyati jamoasi g‘oliblikka erishdi. 



Musobaqa natijalariga ko‘ra  umumjamoa hisobida: 
  I o‘rinni  Navoiy viloyat jamoasi
  II o‘rinni  Xorazm viloyat jamoasi
  III o‘rinni  Buxoro viloyat jamoasi   
 Musobaqa g‘oliblari "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘allari bilan taqdirlandi.


     "Yoshlik” JTSJ VMB  raisi o‘rinbosari                       N.Ochilov

O'xshash yangiliklar