ISLOHOTLAR YO‘LIDAGI HAMKORLIK

ISLOHOTLAR YO‘LIDAGI HAMKORLIK

  Ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqelikka jamoatchilik e’tiborini qaratish, hududlarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida tezkor va haqqoniy axborotlarni taqdim etish borasida muhim zanjir vazifasini o‘taydi. Islohotlarning maqsadi, borishi va natijalari to‘g‘risida shaffof axborot makoni yaratish bevosita ommaviy axborot vositalari chekiga tushadi. Shu munosabat bilan, ta’lim sohasida hududda mahalliy davlat hokimiyati, Navoiy davlat pedagogika instituti, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholi xabardorligini oshirish maqsadida Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi o‘zining hamda tizimdagi muassasalarning matbuot anjumanlarini o‘tkazishni rejalashtirib oldi.
  "Faoliyatdagi shaffoflikni ta’minlash, ochiqlik va adolat tamoyillariga rioya etishni asosiy ustuvor maqsadlarimizdan biri sifatida belgilab olganmiz, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov. 2020 yilda ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, Milliy dastur yaratish borasida muhim qadamlar tashlandi. Jumladan, 2020-yilning 6-noyabr kunida xalq ta’limini kompleks sifat jihatdan yuksaltirish yuzasidan Yurtboshimizning tarixiy Farmoni va qarori imzolandi. 2021 yilda islohotlarni izchil davom ettirish yo‘lida bir qator manfaatdor tashkilot, muassasalar bilan memorandumlar imzolab, ishlarni harakatga keltirdik. Prezidentimizning 86-sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev tomonidan tasdiqlangan "Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash uchun biriktirilgan OTMlari ro‘yxati"ga asosan 5 ta, viloyat hokimining topshirig‘iga asosan 81 ta, jami 86 ta viloyatdagi ta’lim-tarbiya jarayoni oqsayotgan maktablar reytingini ko‘tarish hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash Navoiy davlat pedagogika institutiga biriktirilgan. Mazkur dasturning ijrosini xalq e’tiboriga yetkazishda ommaviy axborot vositalariga suyanamiz”. 
Jarayonlar davom etar ekan, axborot yetkazish, jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga ehtiyoj bo‘laveradi.

O'xshash yangiliklar