AN'ANAVIY AVGUST KENGASHLARI

AN'ANAVIY AVGUST KENGASHLARI

An'anaviy avgust kengashlari!

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 6 avgustdagi 255-son "Xalq ta'limi xodimlarining Avgust kengashlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g'risida”gi buyrug'i ijrosini ta'minlash hamda 2019-2020 o'quv yili oldidan xalq ta'limi muassasalari rahbarlarining mas'uliyati va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini yanada oshirish, o'quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o'zgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi o'quv yilidagi muhim ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida viloyat xalq ta'limi xodimlarining " Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida An'anaviy avgust kengashlariga tayyorgarlik ko'rish hamda o'tkazish bo'yicha trener-o'qituvchilarni tayyorlash yuzasidan viloyat o'quv-seminari joriy yilning 19 avgust kuni Navoiy shahridagi 11-DIUM da bo'lib o'tdi. 
O'quv-seminari ochilish marosimida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev ishtirokchilarga yangi o'quv yili oldidan maqsad va vazifalar haqida gapirib o'tdilar. Barcha xalq ta'limi xodimlariga omad tiladilar. 
Shuningdek, Respublika ta'lim markazi direktori M.Pardaeva so'zga chiqib, barcha pedagoglarga o'quv-seminar oldidan omad tiladilar. 
Barcha ishtirokchilar tashkil etilgan sho''balarga tashrif buyurdilar. Sho''balarda 2019-2020 o'quv yilidagi vazifalar va tizim istiqbollari, umumiy o'rta ta'lim mazmuni:2019-2020 o'quv yili tayanch o'quv rejasi, o'quv dastur va darsliklardagi o'zgarishlar, maktab rahbarlari – ta'lim menejerlarini tayyorlashning dolzarb masalalari, Ta'lim muassasalarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish, fazilatli yangi avlodni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o'quvchining ma'naviy-axloqiy qiyofasi: ta'lim-tarbiya samaradorligining muhim omili, o'quvchi yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, darsliklar va O'MQlarni nashr etishga buyurtmalarni shakllantirish va bajarish, maktab kutubxonalari faoliyatini rivojlantirishning ahamiyati, maktab kutubxonalarida me'yoriy hujjatlarning yuritilishi, xalq ta'limi tizimiga zamonaviy texnologiyalar joriy etishning maqsadlari, o'quvchilar natijalarini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rish masalalari, 2019-2020 o'quv yilida o'quv ishlab chiqarish majmualaridagi o'zgarishlar to'g'risida, VM ning 2019 yil 12 iyuldagi "O'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi 577-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom to'g'risida hamda psixolog kadrlarning attestasiyasini tashkil etish to'g'risida tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ijtimoiy-psixologik xizmatning roli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2881-sonli qarori ijrosi ta'minlash hamda xalq ta'limi tizimida ijro intizomiga mas'ul xodimlarning mas'uliyatini oshirish, Navoiy viloyatida olib borilayotgan va olib borilishi rejalashtirilayotgan qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari to'g'risida, zamonaviy maktab:ta'lim traektoriyasi va yangi kasblar kompasi, xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko'rsatkichlari, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda sifatni ta'minlashning metodik asoslari mavzularida taqdimotlar tayyorlanib o'quv-seminarda taqdimot qilindi va tuman, shaharlardan kelgan trener-o'qituvchilarga viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari tomonidan barcha materiallar taqdim etildi. 

O'xshash yangiliklar