NAVOIY MEROSIGA MUROJAAT

NAVOIY MEROSIGA MUROJAAT

   Milliy adabiyotning quyoshi bo'lgan hazrat Mir Alisher Navoiy badiiy merosiga hanuzgacha qayta-qayta murojaat etilishining asl sababi, uning asarlarida insoniylik, pok muhabbat, millatlararo do'stlik, umuminsoniy g'oyalarning tarannum qilinganligidir. Bulardan tashqari, shoir asarlarida falsafiy qarashlar juda aniq, davrning o'ziga xosliklari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, voqelikning real aks ettirilganidir. Shu jihatlari bilan adabiyotda muhim tarbiyaviy xususiyatga ega bo'lgan yirik epik va poetik asarlar muhim ahamiyat kasb etadi.
   Navoiy viloyat hokimi tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni tasdiqlangan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan "Navoiylik yosh navoiyxonlar” kitobxonlik tanlovini tashkil etish to'g'risidagi chora-tadbirlar dasturiga asosan, Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi”da tuman, shaharlardagi umumta'lim maktablar, kasb maktablari hamda oliy o'quv yurtlarining o'quvchilari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichiga etib kelgan o'quvchilardan talab qilinadigan asosiy mezonlar - o'z ijodi orqali yurt, Vatan, istiqlolni tarannum etgan insholar taqdimoti, Alisher Navoiy siymosini aks ettiruvchi tasviriy san'at, haykaltaroshlik asarlari namoyishi, shoir asarlari bilan yaqindan tanish bo'lish va anglash, g'azallaridan namunalar aytib berish bo'ldi.
   Tanlov 3 ta yosh toifasida (10-14, 15-19, 20-30) tuman va shaharlar bosqichi doirasida o'tkazildi.
Ularda 154 nafar yoshlar o'zaro kuch sinashdi. Ularda g'olib bo'lgan 30 nafar yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Ular orasida o'quvchilar va o'qituvchilarning borligi mutafakkir ijodining sehri va jozibasi qay darajadaligini isbotlab turibdi. G'oliblarga viloyat hokimligi, tashabbuskor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

O'xshash yangiliklar