ENG YAXSHI TO'GARAK RAHBARLARI ANIQLANDI

ENG YAXSHI TO'GARAK RAHBARLARI ANIQLANDI

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini unumli va oqilona tashkil etish, ularning isteʼdodini kashf qilish, kasblarga boʻlgan qiziqishini shakllantirishda "Barkamol avlod” bolalar markazlarining ahamiyati beqiyos. Bugungi kunda ularda faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglar bolalarning qiziqishini toʻgʻri yoʻnaltirish, ularning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini kuchaytirish, isteʼdodini erta aniqlashga faol hissa qoʻshmoqda. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13 noyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tuman "Barkamol avlod” bolalar markazida "Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad "Barkamol avlod” bolalar markazlarida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, samarali natijalarga erishgan pedagoglarning ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.

Mazkur tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, ilk bosqichlarida mamlakatimizdagi barcha "Barkamol avlod” bolalar markazlarining 1200 nafardan ziyod toʻgarak rahbarlari faol ishtirok etdi. Ulardan viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 42 nafar toʻgarak rahbarlari koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

Yakuniy bosqichda qatnashchilarning uslubiy-pedagogik faolligi, toʻgarak ishining samaradorligi, amaliy mashgʻulot, test topshiriqlari, oʻquvchilarni toʻgaraklarga tobora koʻproq jalb etish borasidagi bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

Tadbirda Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov, vazirlikning tegishli boshqarmalari xodimlari, tanlovning respublika bosqichi hakamlar hayʼati aʼzolari hamda koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi gʻoliblari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, quyidagi ishtirokchilari "Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari” koʻrik-tanlovi gʻoliblari deb topildi.

          Badiiy ijodiyot yoʻnalishi

1-oʻrin

Sultonova Nigora

Andijon viloyati

2-oʻrin

Qobilova Gulnor

Navoiy viloyati

3-oʻrin

Davletova Intizor

Xorazm viloyati

         Texnik ijodiyot yoʻnalishi

1-oʻrin

Daniyarov Asad

Samarqand viloyati

2-oʻrin

Bofoyev Shaxboz

Buxoro viloyati

3-oʻrin

Ashurova Orzigul

Navoiy viloyati

          Oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishi

1-oʻrin

Zoitova Charos

Qashqadaryo viloyati

2-oʻrin

Avezova Nilufar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3-oʻrin

Abduraxmonova Ozoda

Navoiy viloyati

Shuningdek, barcha yoʻnalishlarda "Eng yaxshi gʻoya muallifi”, "Eng noanʼanaviy toʻgarak ishlanmasi muallifi”, "Eng bilimdon toʻgarak rahbari” kabi bir qator nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlar Xalq taʼlimi vazirligining qimmatbaho sovgʻalari va diplomlari bilan taqdirlandi.
 

uzedu.z

O'xshash yangiliklar