OCHIQLIK VA ADOLAT SARI

OCHIQLIK VA ADOLAT SARI

    Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi"da Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan islohotlar jarayonida xalq ta'limi tizimi oldida turgan asosiy ustuvor yo'nalishlar, to'planib qolgan muammolar, ularni bartaraf etish borasidagi masalalarga bag'ishlab matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda viloyatdagi bosma davriy nashrlarning vakillari, markaziy gazetalarning viloyat muxbirlari, blogerlar, Milliy axborot agentligi, Kun.uz agentliklarining muxbirlari ishtirok etib, boshqarma boshlig'i Marat Shamuratovning qisqa hisobotini tinglashdi.
    Unga ko'ra, ayni paytda viloyatda 66 ta "qizil" toifali va ular orasida 22 ta "to'q qizil" toifali, ya'ni bitiruvchilaridan birontasi oliy ta'lim muassasalariga kira olmagan umumta'lim maktablari mavjud. Ularni "yashil" hududga olib chiqish yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti, Kasbiy ta'limni muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan memorandumlar imzolangan. Hududlardagi xalq ta'limi muassasalariga birgalikda borib, metodik yordamlar berilmoqda. NDPI ga jami 86 ta maktab biriktirilgan.
    6 ta tuman, shaharlardagi 8 maktabda rekonstruksiya ishlari, 4 ta tumandagi 4 ta maktabda mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, joriy yilda 168 o'rinli Prezident maktabi qurib, foydalanishga topshiriladi. Rossiya Federasiyasi Gersen universiteti o'qituvchilari bilan tajriba almashinuv olib borilmoqda.
Tadbirda sohaga tegishli barcha savollarga atroflicha javob berildi.

O'xshash yangiliklar