MILLAT TARBIYACHILARI E'TIROF ETILDI

MILLAT TARBIYACHILARI E'TIROF ETILDI

   Ta'lim tizimida qilinayotgan har bir islohot millat kelajagi uchun qilingan tashabbusdir! 

Navoiy viloyatidagi ta'lim tizimini moddiy rag'batlantirish borasida 81 mlrd. so'mdan ortiq mablag'lar davlatimiz tomonidan be'minnat ajratilib kelinmoqda. Ushbu e'tiborlarning natijasi sifatida bugungi kunda bir qator pedagog kadrlar hamda o'quvchi-yoshlarimiz tomonidan yuqori natijalar qayd etilmoqda. Xususan, joriy yilda 3 ming 600 nafar tajribali pedagoglar "Yil o'qituvchisi” ko'rik-tanlovlarida hamda 250 nafardan ortiq iqtidorli o'quvchilar nafaqat mamlakatimizda balki dunyo hamjamiyatida ham o'z iste'dodlarini ko'rsatib kelmoqda. Misol uchun, Karmana tumani 10-umumta'lim maktabi psixologi Saidaxmedova Lola "Yil psixologi” Respublika ko'rik-tanlovida sovrindor bo'lgan hamda Navoiy davlat konchilik instituti o'qituvchisi Aziz Ataullaev texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori darajasini qo'lga kiritdi. Iqtidorli o'quvchilardan Zarafshon shahar 13-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining 6-sinf o'quvchisi Fayzullaev Temur Singapur davlatida matematika fanidan xalqaro musobaqada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, oltin medal sohibiga ayladi, Navoiy shahar 18-umumta'lim maktabi o'quvchisi Negboev Muzrob Quvayt davlatida sportning boks turi bo'yicha xalqaro musobaqada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Ana shunday viloyatda eng faol tashabbuskor pedagoglar hamda iqtidorli yoshlar viloyat hokimligi tashakkurnomasi va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Ulug' ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktabdir” degan fikrlari ayni haqiqat. Ta'lim tizimida qilinayotgan har–bir islohot millat kelajagi uchun qilingan tashabbusdir!


O'xshash yangiliklar