HAR BIR BOLAGA MEHR, E'TIBOR!

HAR BIR BOLAGA MEHR, E'TIBOR!

  Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga sovg'a-salomlar etkazib berish, bayram dasturxonlari hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, uyda yotib qolgan, nogironligi bo'lgan, harakatsiz bolalarning uylariga tashrif buyurib, xolidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni istirohat bog'lari, madaniyat markazlari, ko'ngilochar maskanlarga tashriflari tashkil etildi.
Viloyatimizda "Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida tadbirlar Alisher Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'i, "Ma'rifat bog'i” hamda yangi qad rostlagan "Tashabbuslar bog'i” da bo'lib o'tdi
Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumumta'lim maktabi o'quvchilarining asosiy chiqishlari hamda ko'rgazmalari viloyat hokimligining chora-tadbirlar dasturiga asosan Alisher Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'ining yozgi sahnasida tashkil etildi.
Bayram tadbiri doirasida ta'lim muassasalari o'quvchilarining qo'l mehnati namunalari bo'lgan ko'rgazmalari, badiiy adabiyotlar ko'rgazmasai, "Er kurrasida tinchlik” mavzusida rasmlar tanlovi, yugurish marafoni, velemarafon, shaxmat-shashka musobaqalari, bolajonlar uchun attraksion o'yinlari tashkil etildi.
O'tkazilgan "Gullar sayli ” hamda "Qushlar sayli” bayram tadbiriga o'zgacha shukuh bag'ishladi.
Bayram tadbirida viloyat xalq ta'limii boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 5000 ming nafar o'quvchilari qamrab olindi.
 
M.Qudratova 

O'xshash yangiliklar