ASSALOM, JONAJON MAKTABIM!

ASSALOM, JONAJON MAKTABIM!

  Navoiy viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Bilimlar kuni” O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 267-sonli hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 21 avgustdagi 148-sonli buyruqlari asosida tashkil etildi. 4 sentyabr "Bilimlar kuni”da umumiy o'rta ta'lim maktablarida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida "Mustaqillik darslari ” bo'lib o'tadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida birinchi dars mashg'ulotlari 2019 yil 4 sentyabrdan boshlandi. Viloyatdagi 355 ta umumiy o'rta ta'lim maktablariga qabul qilingan 17598 nafar 6,5 va 7 yoshli bolalarga "Prezident sovg'asi” berilib, birinchi qo'ng'iroq tadbirlari tashkil etiladi.Umumiy o'rta ta'lim maktablarida birinchi kengash yig'ilishlari "Ta'limda islohot: o'zgarishni o'zimizdan boshlaylik” shiori ostida bo'lib o'tadi.
 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miriziyoev rahbarligida joriy yilning 23 avgust kuni "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o'qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbiri” mavzusida bo'lib o'tgan videoselektorda barcha rahbarlar va mutasaddilar "Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiorini amalda qo'llagan holda, viloyatimizning barcha umumta'lim maktablarida birinchi o'quv mashg'ulotlarni ya'ni "Mustaqillik darslari”ni viloyat tashkilot rahbarlaridan 51 nafari, viloyat korxona va tashkilot rahbarlaridan 50 nafari, mahalliy deputatlardan 260 nafar jumladan, viloyat hokimi K.Tursunov Karmana tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat prokurori Sh.Aminov Qiziltepa tumani 21-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat hokimining 1-o'rinbosari U.Razzoqov Qiziltepa tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat hokimi o'rinbosari K.Rasulov Nurota tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat hokimi o'rinbosari S.Istamov Qiziltepa tumani 38-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat hokimi o'rinbosri F.Soliev Xatirchi tumani 38-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloya hokimi o'rinbosari G'.Musurmonov Navoiy shahar 5-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat hokimi o'rinbosari N.Sodiqova Karmana tumani 5-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev Karmana tumani 12-umumiy o'rta ta'lim maktabiga, "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” mavzusida Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida yaratilgan tavsiya asosida mustaqillik darslarini o'tdilar. Mustaqillik darslarida yurtimizning mustaqillik davrlarida erishgan yutuqlari, bugungi kunda viloyat xalq ta'limi tizimida erishilgan yutuqlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusi hamda, O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha rivojlanish Konsepsiyasini mazmun-mohiyatini o'quvchilar ongiga singdirishga, shuningdek, o'quvchilarni 2019-2020 o'quv yilida yangi yutuqlarga ruhlantiruvchi ma'ruza va slaydlar havola etildi.

O'xshash yangiliklar