Maktabgacha ta'lim muassasasiga yo'llanma olish uchun O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish kerak.

Xizmatdan foydalanish jarayonida quyidagi hujjatlar elektron nusxalarini biriktirish lozim:
a) arizachining pasport elektron nusxasi;
b) maktabgacha ta'lim muassasiga qabul qilish bo'yicha yo'llanma berish to'g'risida ariza elektron nusxasi;
v) bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasining elektron  nusxasi;
g) turar joyidan shu manzilda ushbu oilaning yashashi haqida fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari ma'lumotnomasi elektron  nusxasi;
d) ota-onasining (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning) ish joyidan ma'lumotnoma (ishlamaydigan ota-onalar bundan mustasno) elektron  nusxasi.

Maktabgacha ta'lim muassasasiga yo'llanma olish uchun (interaktiv bo'lmagan usulda) qabul komissiyasiga murojaat qilishda zarur hujjatlar va qabul tartibi.