SHAMURATOV MARAT XALMURATOVICH

   Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i

   Telefon: 0 (436) 220-61-84
   Faks:       0 (436) 220-61-84
   Elektron pochta: navoiy_vxtb@xtv.uz

   Qabul kunlari: Har haftaning Seshanba va Juma kunlari
  • Tarjimai hol

  • Xizmat vazifalari va majburiyatlari

  • Boshliqqa murojaat qilish

Tu'gilgan sana

1972 yil

Tug'ilgan joyi

Konimex tumani

Ma'lumoti

Oliy

Boshqarma ishiga umumiy rahbarlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining bajarilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilaydi, ijrosini nazorat qiladi. Viloyatda xalq ta'limi sohasi bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi.
O'z o'rinbosari va xodimlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Xodimlarning yillik ish rejalarini tasdiqlaydi, ular tomonidan o'ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yillik ish rejalarini ko'rib chiqib tasdiqlaydi.
Boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo'lida Xalq ta'limi vazirligi, viloyat xokimligi, Oliy ta'lim muassasalari va O'rta maxsus o'quv yurtlari, xuquqni muxofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari bilan hamkorlik o'rnatadi. Viloyatda xalq ta'limini rivojlantirishning istiqbol rejalari va islohatlarining amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Boshqarma hay'at yig'ilishi, ishlab chiqarish yig'ilishi hamda apparat yig'ilishini o'tkazilishiga rahbarlik qiladi.
Viloyatdagi barcha talim muassasalari rahbarlari ishini nazorat qiladi va fuqaro muxofazasi shtabi boshlig'i xisoblanadi.
Viloyat ta'lim muassasalarida huquqbuzarliklarni oldini olish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan saqlanish, ularning oldini olish choralarini ko'rish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Viloyat miqyosida o'tkazilishi rejalashtirilgan turli xil tarbiyaviy ishlar, o'quvlar, seminar-treninglar, konferensiyalar, suhbat, uchrashuv va ko'rik-tanlovlar sifat va samaradorligi ustidan nazorat qiladi.
Ta'lim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, axborot-resurs markazlari hamda sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Boshqarma xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etadi, ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilash va unga rioya qilinishi yuzasidan qat'iy nazorat o'rnatadi, shuningdek, boshqarma vakolatiga kiradigan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Boshqarma faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni yig'ish, tahlil qilish, hisobotlar tayyorlashga rahbarlik qiladi va ijro intizomini doimiy nazorat qilib boradi.
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha ishchi guruhlar ishlariga mutaxassislarni jalb qilish, ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning o'z vaqtida ijro etilishini hisobga olish, hujjatlar aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishgan holda kiritish, boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlarni tanlash, tayinlash va boshqarmaning xodimlarga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlash, kadrlarni joy-joyiga qo'yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to'ldirish, ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazorat qiladi.
Boshqarma xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, xodimlar attestasiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qiladi, boshqarma xodimlarining vazifalari, lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ular orasidagi eng faollarini rag'batlantirishga tavsiya etadi, o'z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo'llash masalalarini ko'rib chiqadi, jamoada sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, ichki mehnat tartibi qoidalarini o'rnatadi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlarni mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda vazirlikka taqdim etadi.
Boshqarmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, o'quv jihozlari, asbob-uskunalar va boshqa ta'lim vositalarining saqlanishini hamda ulardan samarali foydalanishni ta'minlash, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha uskunalar, o'quv qurollari va musiqa asboblari bilan jihozlash borasida vazirlikka tegishli takliflar kiritadi, shuningdek yangi o'quv binolarini qurish, kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ta'lim ob'ektlarida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Bolalar sporti inshootlarini tasarrufga olish va tasdiqlangan me'yorlarga asosan ularni sport jihoz va anjomlari bilan ta'minlash, moliyalashtirish, ulardan samarali foydalanishni nazorat qiladi, o'quvchi-yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ishlarini olib borish, o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish, viloyat miqyosida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida jismoniy tarbiya uslubchilari bilan o'quv-metodik yig'ilishlar, anjumanlar, seminarlar o'tkazadi.
Boshqarmaga ajratilgan byudjet mablag'lari va boshqa byudjetdan tashqari tushumlardan to'g'ri foydalanishni ta'minlaydi hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni nazorat qilib boradi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik sharnomalari tuzishda boshqarma nomidan faoliyat yuritadi, uning manfaatlarini himoya qiladi, turli yo'nalishdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritadi.
O'ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda og'zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Boshqarma boshlig'i ta'tilda, vaqtinchalik ishda bo'lmagan vaqtlarda uning vazifasini boshliqning birinchi o'rinbosari bajaradi.

  • Qayta aloqa

  • Telefon: 046-220-61-84

    Faks: 046-220-61-84

    E-mail: navoiy_vxtb@xtv.uz

    Manzil: Navoiy shahri, S.Ayniy ko'chasi 24 uy.